"NASAF SCHOOL" nodavlat ta'lim muassasasi bilan SAT, ACT, GRE va oliy maktab dasturlariga professional darajada tayyorlaning. Biz bilan xalqaro maqsadlaringiz sari ishonchli qadam tashlang!
Zamonaviy axborot texnologiyalari, matematika, robototexnika, xorijiy tillar va sport yo‘nalishlarida chuqur bilimga ega, jismonan sog‘lom, mustaqil fikrlovchi, xalqaro standartlarga mos raqobatbardosh yoshlarni tarbiyalash hamda ularni nufuzli mahalliy va xalqaro oliy ta'lim muassasalariga tayyorlash.
IT, dasturlash va pedagogika sohalarida yuqori malakaga ega mutaxassislar jamoasi orqali sifatli ta'lim berish.
O‘quvchilarda dasturlash, robototexnika va matematika fanlari bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Ta'lim jarayonida xalqaro PEARSON BTEC standartlari va zamonaviy metodikalardan foydalanish.
O‘quvchilarning jismoniy rivojlanishini ta'minlash maqsadida sport mashg‘ulotlari va jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish.
Har bir o‘quvchining qobiliyati va ehtiyojidan kelib chiqib individual yondashuvni yo‘lga qo‘yish hamda psixologik kuzatuv olib borish.
Qizlar uchun gimnastika, yigitlar uchun futbol va sambo to‘garaklarini tashkil etish.
Shaxmat, stol tennisi va boshqa sport turlari orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi va jismoniy faolligini rivojlantirish.
Yuqori sinf o‘quvchilarini xalqaro SAT va IELTS imtihonlariga tayyorlash.
O‘zlashtirishda qiyinchilikka duch kelayotgan o‘quvchilar uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlar va ustozlar ko‘magini tashkil etish.
O‘quvchilarni fan olimpiadalari, sport musobaqalari va turli tanlovlarda faol ishtirok etishga tayyorlash.
Dietolog tavsiyalari asosida kuniga uch mahal sifatli va sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish.
Ingliz tilini xorijiy malaka va sertifikatlarga ega pedagoglar tomonidan o‘qitishni ta'minlash.
Yuqori sinf o'quvchilarini davlat va xalqaro oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun puxta tayyorlash.
O‘quvchilarga xalqaro darajadagi ta'lim imkoniyatlari, jumladan, PDP University kabi oliy ta'lim muassasalariga kirish bo‘yicha yo‘naltirish va maslahatlar berish.
O‘quvchilar salomatligini muntazam nazorat qilish maqsadida malakali shifokorlar tomonidan bepul tibbiy ko‘riklarni tashkil etish.
"NASAF SCHOOL" nodavlat ta'lim muassasasining davlat ro'yxatidan o'tganlik guvohnomasi va faoliyat yuritish litsenziyasi
Modern School hayotidan jonli lavhalar: dars jarayonlari, zamonaviy sharoitlar va g'oliblarimiz yilnomasi.
Xalqaro darajadagi tajribaga ega va o'z ishining ustasi bo'lgan mentorlar hamda o'qituvchilar tarkibi.
Academic director-Test center coordinator & Head of center
Head of International Examinations & Exam Chair
Academic counselor & Exam Officer
PEARSON BTEC xalqaro o'qitish tizimi va ilg'or metodikalar asosida shakllantirilgan zamonaviy ta'lim muhiti.
| Kun | Ish vaqti | Tushlik |
|---|---|---|
| Dushanba (Du) | 08.00 - 16.00 | tushliksiz |
| Seshanba (Se) | 08.00 - 16.00 | tushliksiz |
| Chorshanba (Ch) | 08.00 - 16.00 | tushliksiz |
| Payshanba (Pa) | 08.00 - 16.00 | tushliksiz |
| Juma (Ju) | 08.00 - 16.00 | tushliksiz |
| Shanba (Sh) | 08.00 - 16.00 | tushliksiz |
| Yakshanba (Ya) | Dam olish kuni | - |
IT bo'yicha chuqur bilimga ega-pedagog dasturchilardan iborat jamoa
Dasturlash, robototexnika va matematikaga chuqur yondashuv
PEARSON BTEC xalqaro o'qitish tizimi va metodikalaridan foydalanish
Sport mashg'ulotlari va jismoniy tarbiya darslari
Har bir o'quvchiga individual yondashuv va psixolog nazorati
Qizlar uchun gimnastika, yigitlar uchun futbol va sambo sport turlari
Bundan tashqari shaxmat, stol tennisi va boshqa sport turlari
Yuqori sinflar uchun Xalqaro SAT va IELTS kurslari
O'zlashtirishga qiynalayotgan bolalar uchun qo'shimcha dars va ustoz yordami
Fan olimpiadalari va sport musobaqalarda qatnashish imkoniyati
Kuniga 3 mahal dietolog tomonidan belgilangan professional ovqatlar
Ingliz tilidan xorijiy malakaga ega professional pedagoglar
Xalqaro va davlat Universitetlariga kirishga mukammal tayyorgarlik
Xalqaro PDP Universitetiga imtihonsiz to'g'ridan-to'g'ri qabul
Maktab ichida doimiy bepul malakali shifokor ko'rigi
O'quvchilar darsdan tashqari vaqtda jahonning eng nufuzli oliygohlariga kirish uchun maxsus to'garaklarda qatnashadilar.
AQSH universitetlariga kirish va xalqaro grantlarni qo'lga kiritish uchun matematika hamda ingliz tili (Reading/Writing) qismlarini mukammal o'rgatish.
Magistratura va undan yuqori bosqichlarda xalqaro darajada o'qishni davom ettiruvchilar uchun analitik fikrlash, matematika va akademik ingliz tili tizimi.
Listening, Reading, Writing va Speaking ko'nikmalarini tizimli rivojlantirish orqali yuqori xalqaro til sertifikatlarini olishga yo'naltirilgan intensiv darslar.
O‘quvchilarni qabul qilish tartibi (qisqacha)
Mazkur nizom Nasaf Schoolga o‘quvchilarni qabul qilish jarayonini adolatli, shaffof va aniq tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan.
Maktab barcha nomzodlarga teng imkoniyat yaratadi hamda qabul jarayonida irq, millat, jins, din yoki boshqa belgilarga ko‘ra kamsitishga yo‘l qo‘ymaydi.
Nomzodning sinf darajasiga mos o‘qish, yozish, matematika va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari baholanadi.
O‘quvchining bilim olishga bo‘lgan qiziqishi, izlanishga intilishi va o‘quv faoliyatiga munosabati o‘rganiladi.
Nomzodning tengdoshlari va kattalar bilan muloqoti, hurmat, hamkorlik va maktab qadriyatlariga mosligi baholanadi.
O‘quvchining sog‘lig‘i maktabning ta’lim va tarbiya jarayonida faol ishtirok etishiga mos bo‘lishi lozim.
Qabul bo‘limi rahbari, psixolog va zaruratga ko‘ra mutaxassis ustozlar tomonidan individual suhbat, kuzatuv va bilimlarni baholash jarayoni o‘tkaziladi.
Baholash natijalari, hujjatlar va ota-ona bilan o‘tkazilgan yakuniy suhbat asosida Qabul komissiyasi hamda Ijrochi direktor tomonidan qaror qabul qilinadi.
Qabul natijalari 1 ish kuni ichida e’lon qilinadi. Qarordan norozi ota-onalar 7 ish kuni ichida yozma apellyatsiya topshirishlari mumkin.
10. Maxfiylik va tasdiqlash: Nomzodlarga oid barcha ma’lumotlar maxfiy saqlanadi. Mazkur tartib Nasaf School rahbariyati tomonidan tasdiqlangan va maktabning amaldagi qabul siyosati hisoblanadi.
TasdiqlanganKurslarimiz yoki o'quv tartibimiz bo'yicha savollaringiz bormi? Telefon orqali yoki to'g'ridan-to'g'ri ofisimizga tashrif buyurib ma'lumot olishingiz mumkin.
Manzil
Qarshi sh., Batosh MFY, Beshkent yo'li ko'chasi, 167-uy
Telefon
+998 (90) 676 26 69
+998 (91) 227 46 01
Elektron Pochta
info@nasafschool.uz